11:38 / 16.04.2020
3 008

Ehtimol, dunyodagi karantinni 2 yilga uzaytirishga to‘g‘ri kelar — tadqiqot

Ehtimol, dunyodagi karantinni 2 yilga uzaytirishga to‘g‘ri kelar — tadqiqot
Jahondagi karantinni ikki yil muddatga uzaytirish talab etilishi ehtimoli bor, degan bayonot bilan chiqdi Garvard epidemiologlari. Bu haqda Science xabar berdi.

Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, pandemiya ustidan nazorat o‘rnatish uchun bir martalik karantin yetarli bo‘lmasligi mumkin, chunki epidemiyaning takroriy holati avvalgisidan ko‘ra jiddiyroq bo‘lishi mumkin.

Ehtimoliy ssenariylardan biri, agar vaksina yaratilmasa yoki samarali davolash usuli topilmasa, pandemiya taraqqiy etadigan davr 2025 yilda ro‘y berishi mumkinligini nazarda tutadi.

Garvarddagi epidemiolog olim va tadqiqot hammuallifi Mark Lipsich viruslar qachonki infeksiya bilan bemorlangan yoki shunga moyil odamlar bo‘lsagina tarqalishini tushuntiradi.
"Hozircha aholining aksariyat qismi virusga chalinishga moyil. Ehtimol, hozirda allaqanday ommaviy immunitet bordir, lekin biz hozircha u haqda bilmaymiz", - dedi u.

Maqolada aytilishicha, davolashning yangicha usullari, vaksinalash yoxud tez tibbiy yordamni ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlarning amalga oshirilishi qat’iy masofalanish zaruratini biroz yengillashtirishi mumkin.
"Lekin bunday sharoitlar mavjud bo‘lmasa, davriy masofalanishni 2022 yilgacha saqlash talab etilishi mumkin", - deya xotima qiladi mualliflar.

Science nashri yozishiga ko‘ra, koronavirus bilan bemorlangan insonlarning immuniteti qancha vaqtgacha saqlanishini olimlar bilishmaydi. Agar immunitet doimiy bo‘lsa, COVID-19 birinchi epidemiyadan besh yil o‘tgach yo‘q bo‘lishi mumkin. Agar odamlarning bu virusga qarshi immuniteti atigi 12 oy bo‘lsa, katta ehtimol bilan virus har yili "qaytish" qilishini aytish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ehtimol, dunyodagi karantinni 2 yilga uzaytirishga to‘g‘ri kelar — tadqiqot