22:16 / 16.04.2020
2 688

Maktab darsliklarini Toshkentda qoldirib, viloyatlarga ketgan o‘quvchilarni baholash qanday amalga oshiriladi?

Maktab darsliklarini Toshkentda qoldirib, viloyatlarga ketgan o‘quvchilarni baholash qanday amalga oshiriladi?
Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Doniyor Ermatov 16 aprel, payshanba kuni, AOKAda o‘tkazilgan brifingda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va fuqarolardan kelib tushayotgan savollarning ayrimlariga javob qaytardi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Vazirlik rasmiysining ta’kidlashicha, maktab darsliklarini poytaxtda qoldirib, viloyatga ketgan o‘quvchilar «uzedu.uz» saytidan elektron darsliklarni ko‘chirib olishi hamda teledarslarni kuzatib, onlayn dars mashg‘ulotlarida qatnashishi lozim.

«Har qanday vaziyatda farzandlarimiz ta’lim olishi kerak. Joriy yilning 30 martidan boshlab umumta’lim maktablarida to‘rtinchi chorak boshlandi. O‘quvchilarning masofaviy ta’lim doirasida olgan bilimlari baholanib borilishi zarur.

Ayrim o‘quvchilar viloyatlarga ketgan va ularning darsliklari Toshkentda qolgan bo‘lsa, bunday holda ular elektron darsliklarni «uzedu.uz» saytidan ko‘chirib olishi tavsiya etiladi. O‘quvchilarni baholash ishlari esa Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, ta’lim muassasalarida karantin davrida masofadan ishlashga o‘tgan tizim xodimlarining faoliyati bo‘yicha tavsiya asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Shu o‘rinda bolalarning videodarslarni kuzatib borishi, uy vazifalarini tayyorlashiga ota-onalarining mas’ul ekanligini yana bir bor eslatib o‘tamiz
», — dedi Ermatov.

Doniyor Ermatovning qo‘shimcha qilishicha, o‘quvchilarga ijraga berilgan darsliklar O‘zbekistonda karantin davri yakunlanganidan so‘ng maktab kutubxonlariga qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab darsliklarini Toshkentda qoldirib, viloyatlarga ketgan o‘quvchilarni baholash qanday amalga oshiriladi?