11:20 / 17.04.2020
3 202

Antiseptikning ham xavflisi bor — sotib olishda diqqatli bo‘ling!

Antiseptikning ham xavflisi bor — sotib olishda diqqatli bo‘ling!
Foto: «Pixabay»
Antiseptik sotib olishda yorlig‘ini yaxshilab o‘qib ko‘rish kerak, tarkibida salomatlik uchun zararli moddalar bo‘lishi mumkin, dedi vrach-dermatolog va kosmetolog Anna Sergukova «Moskva oqshomi»ga bergan intervyusida.

- "Masalan, ayrim gellarga triklozan qo‘shiladi, u antibakterial xususiyatli, ammo antibiotiklarga yuqori bardoshli patologik mikroorganizmlarni o‘zida saqlaydi. Bu birikmaning qo‘llanilishi stafilokokkning rivojlanishi hamda mikroorganizmlarga nisbatan bardoshlilikning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Bu holatda antiseptik samarasiz bo‘lib qoladi", - dedi vrach.

Sergukova qo‘shimcha qilishicha, bakteriyalarning ko‘payishiga qarshi ishlatiluvchi parabenlar neyrotoksik bo‘lib, terida qichishish kabi noxush holatlarni keltirib chiqaradi.

Antiseptiklarga qo‘shiladigan sintetik xushbo‘ylantiruvchilar esa kislota bo‘lib, gormonal o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Shuning uchun dermatolog xushbo‘y hidlardan xoli, rangsiz gellardan foydalanishni tavsiya qildi.

Antibakterial vositalarning samaradorligi ularga qancha spirt qo‘shilgani va inson qo‘lining qanchalik notozaligiga ham bevosita bog‘liq, deydi vrach.

«Antiseptik sovun bilan yaxshi juftlik. Agar qo‘l terisi yog‘li bo‘lsa, gelning yolg‘iz o‘zi mikroblarga qarshi kurasha olmaydi», — dedi rossiyalik dermatolog.
Sergukova uy sharoitida yaxshi antiseptik chiqishiga shubha bildirdi: ko‘plar etanolning o‘riga aroq qo‘shishadi. Bu kerakli antibakterial samara bermaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Antiseptikning ham xavflisi bor — sotib olishda diqqatli bo‘ling!