10:00 / 17.04.2020
7 474

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni ketma-ket ikkinchi kun kamaydi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni ketma-ket ikkinchi kun kamaydi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi kundirki kamaymoqda.
Xabaringiz bor, 13 aprel kuni O‘zbekistonda jami 133 kishida infeksiya aniqlangani xabar qilingandi. So‘ng 14 aprelda kun davomida bemorlar soni 167 kishiga ko‘paydi. Bu hozircha yurtimizda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.

Bemorlar sonining bu tarzda keskin osha boshlagani ko‘pchilikda xavotir uyg‘otgani tabiiy. Ammo keyingi ikki kun ichida kasallik aniqlanishi ortga qayta boshladi.

15 aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra 49 kishida infeksiya aniqlangan bo‘lsa, soat 16:00 holatida 61 kishida, 22:30 da yana 27 kishida kasallik qayd etilgandi. Kun davomida bemorlar soni 137 kishiga ortdi.

Odatda kuniga kamida uch marotaba koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar sonini e’lon qiladigan Sog‘liqni saqlash vazirligi 16 aprel sanasida faqat bir bor yangi holatlar miqdorini ma’lum qildi. Soat 10:00 holatiga ko‘ra, 47 nafar yangi bemor ro‘yxatga olinib, jami kasallanganlar soni 1349 nafarga yetgani aytildi. Kun davomida boshqa noxush xabar eshitmadik. Shunday qilib, 16 aprel sanasidagi o‘sish – 47 nafarligicha qoldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirga qadar 129 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, 4 nafari vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni ketma-ket ikkinchi kun kamaydi