13:27 / 17.04.2020
2 319

MIB: Saxovat ishlariga doim tayyormiz!

MIB: Saxovat ishlariga doim tayyormiz!
Ma’lumki, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ham bugungi sinovli kunlarda aholimizning ehtiyojmand qismiga moddiy ko‘mak ko‘rsatish borasida ezgu tashabbuslarni ilgari surmoqda. Xususan, kam ta’minlangan oilalarning elektr energiyasi, tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorliklarini to‘lab berilishi, turli ijro varaqalariga asosan qo‘llanilgan jarimalarni bartaraf etilishi shular jumlasidandir.
Karantinli davrda Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi hamda shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan bu masalaga insonparvarlik tamoyili asosida yondashilmoqda.

Jumladan, Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tushuntirishlar samara bermoqda. Natijada joriy yilning
16 aprel kuni Zomin tumanidagi “Jizzax agrokimyohimoya” AJ Zomin tuman UK tomonidan ixtiyoriy ravishda bo‘lim depozit hisob-raqamiga 10 mln. so‘m pul mablag‘ o‘tkazishdi. Ushbu mablag‘ karantinli davrda qarzdorlikni to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan sud qarori bo‘yicha ish yurituvidagi 44 ta ijro ishlariga yo‘naltirildi.

Shuningdek, Jizzax shahridagi “Eski shahar” dehqon bozori MCHJ tomonidan Byuroning Jizzax shahar bo‘limi depozit hisob-raqamiga o‘tkazib berilgan 3 mln. so‘m pul mablag‘i bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan davlat foydasiga ma’muriy jarimalar undiruvi bilan bog‘liq ehtiyojmand oilalarning ijro hujjatlari yuzasidan 36 tasini qoplashga yo‘naltirildi. Bu boradagi xayriya tadbirlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Saxovat ishlariga doim tayyormiz!