21:35 / 17.04.2020
2 603

Karantin oilalarning butligini tiklashga to‘siq bo‘lmaydi

Karantin oilalarning butligini tiklashga to‘siq bo‘lmaydi
Bugungi kunda yurtimizda koronavirus epedimiyasi tarqalishini oldini olish hamda fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rilmoqda.

Byuroning davlat ijrochilari tomonidan karantin davrida qarzdorning uyiga bormasdan masofadan turib, ish faoliyatini amalga oshirishlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilgan. Bu borada Byuroning Shofirkon tumani bo‘limi tomonidan ish yurituvidagi aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Byuroning Shofirkon tuman bo‘limi fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining 03.02.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor T.To‘rayevdan undiruvchi N.To‘rayeva foydasiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 15.11.2019 yildagi qarzdor B.Majidovdan undiruvchi Jumayeva Gulsara Shomurod qizi foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oyda ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish ijro hujjatlari mavjud edi.

Xuddi shunday, fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining 19.02.2019 yildagi qarzdor S.Xotamovdan undiruvchi S.Xakimova foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taxminoti uchun har oy sayin ishlab topgan daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqida ijro hujjati mavjud.

Karantin davrida “Aliment to‘lovlari – bu avvalambor voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Uyda o‘tirgan farzand yeb-ichishi, turli xil o‘quv qurollaridan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlarini davom ettirishi kerakligi qarzdorlarga tushuntirildi.

Mana shu mazmundagi profilaktik tadbirlar natijasida ota-onalar o‘zaro yarashtirildi va oilalar tiklandi. Oilalarga quvonch qaytdi. Aliment bilan bog‘liq mazkur ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin oilalarning butligini tiklashga to‘siq bo‘lmaydi