14:33 / 18.04.2020
2 508

Jizzaxda haydovchi uxlab qolgani oqibatida «Damas» ag‘darilib ketdi

Jizzaxda haydovchi uxlab qolgani oqibatida «Damas» ag‘darilib ketdi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 17 aprel kuni soat 07:30larda Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Samarqandquduq MFY hududidan o‘tgan “Jizzax-Mirzacho‘l” 4R-38 avtomobil yo‘lining 33-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, "Jizzax-Paxtakor" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan haydovchi, 2001 y.t. Q.N. “Damas” rusumli transport vositasida boshqaruv vaqtida uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada, “Damas” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi, 1980 y.t. N.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyilgan ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda haydovchi uxlab qolgani oqibatida «Damas» ag‘darilib ketdi