18:36 / 18.04.2020
5 150

Restoran va kafelar qachon ishga tushadi?

Restoran va kafelar qachon ishga tushadi?
Kuni kecha maxsus komissiya yirik ob’ektlarda qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda davom ettirishga ruxsat berdi.

Bunday vaziyatda qolganlarning hammasi xuddi shu shartlarga amal qilgan holda ish tashkil qila olmaydimi, degan savol yuzaga keladi.
Misol uchun, restoran va kafelar ham sanitariya qoidalariga ko‘ra ishlashi mumkin-ku, ular ham soliq to‘laydi.

Bu mulohazalarga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva javob berib, jumladan shunday dedi:
“Respublika maxsus komissiyasi va shtabning 14 apreldagi qo‘shma yig‘ilishi qaroriga ko‘ra iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarini faoliyatini davom ettirish, yirik qurilish ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini davom ettirishga ruxsat berildi. Bunda ushbu tashkilotlarning faoliyati davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilishi, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli ob’ekt hududi doirasida tashkil etishi kabi vazifalar yuklandi.

Bunday ishlovchi xodimlar sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda xizmat transportlari bilan ta’minlanadi. Ularning nazorati uchun shaxsiy javobgarlik belgilangan.

Agar boshqalar ham o‘z faoliyatini davom ettirsa, aholining gavjumlashishi ortishi va kasallanganlar soni oshishiga olib kelishi mumkin.

Restoran, kafe kabi umumiy ovqatlanish korxonalariga kelsak, ularni sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilishiga hozirda hech kim kafolat bera olmaydi. Bu esa, kasallar sonini ortishiga sabab bo‘lib, uning tashuvchilarni aniqlash, topishni qiyinlashtirishi mumkin”, deydi O‘rinboyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Restoran va kafelar qachon ishga tushadi?