23:00 / 19.04.2020
2 640

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 225 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 225 nafarga yetdi
Bugun Buxoro viloyati ixtisoslashgan tibbiyot muassasasidan 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 47 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 57 nafarga yetdi.

Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

So‘nggi tekshiruv natijalari ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Mazkur klinikada shu paytga qadar 17 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 27 nafarga yetdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 11 bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Hozirga qadar yurtimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 225 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 225 nafarga yetdi