08:50 / 20.04.2020
2 520

Koronavirus yengil yoki og‘ir kechishi qondagi rezus-faktorga bog‘liqmi?

Koronavirus yengil yoki og‘ir kechishi qondagi rezus-faktorga bog‘liqmi?
AOKA huzuridagi shtabda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Virusning yengil yoki og‘ir kechishi qondagi rezus-faktorga bog‘liqmi?
— Yo‘q, qon guruhi va rezus-faktorga kasallik kechishining aloqasi yo‘q.

— Shu paytga qadar qancha odam koronavirusga tekshirildi?
— Ayni paytgacha 100 mingdan ortiq inson koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazildi. Yaqin vaqt ichida ushbu raqamlar yarim millionga yetkazilishi rejalashtirilgan.

— Aytishlaricha, Xitoyda bitta bemorni koronavirus bilan davolash o‘rtacha 3 ming dollar, ahvoli og‘ir bemorni davolash 21 ming dollardan ortiq ekan. Bu rostmi?
— Har xil davlatlarda bu raqamlar har xil talqin etilmoqda. Haqiqatan ham bu diagnoz bilan davolanish, ayniqsa reanimatsion holatlarda arzon bo‘lishi mumkin emas. Biroq O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi. Bemor va barcha karantin zonalarida karantinda saqlanuvchi fuqarolarimiz uchun bepul.

— Vrach akusher-ginekologman. 18 aprelda mutaxasisligim bo‘yicha attestatsiyadan 5 yil o‘tgani tufayli qayta o‘tishim kerak edi. Karantin tufayli Toshkentga bora olmayman. Buxgalteriya toifa muddati tugashi haqida xabar qilyapti. Bu qanday bo‘ladi?
— Karantin davrida barcha toifalar muddati uzaytiriladi va toifaga bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar to‘lanishi davom etaveradi. Toifaga attestatsiya karantindan so‘ng topshiriladi.

— Yetkazib berish xizmatida haydovchiman. Har gal «GAI» xodimlari to‘xtatganda hujjatlarni qo‘liga olib tekshiradi. Birida qo‘lqop (perchatka) bor, birida yo‘q. Koronavirus qog‘oz va plastikda bir necha kun yashashi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. YPX xodimlari o‘zi tarqatuvchi bo‘lib qolmaydimi?
— Siz YPX xodimlariga hujjatlaringizni ochiq ravishda, qo‘liga bermasdan ko‘rsatishingiz mumkin. Har gal hujjatlarni qo‘lga olgandan so‘ng qo‘llaringizni tarkibida spirt bo‘lgan dezinfeksiya vositalari bilan ishlov bering.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus yengil yoki og‘ir kechishi qondagi rezus-faktorga bog‘liqmi?