17:26 / 20.04.2020
2 262

MIB: Savob ilinjida...

MIB: Savob ilinjida...
Bugungi snovli kunlarda ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatishni o‘z insoniylik burchi ekanligini his qilib, savobli ishlarni davom ettirayotgan yurtdoshlarimiz safi kengaymoqda.
Xususan, navbatdagi xayriya yordami O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tumandagi kam ta’minlangan, moddiy ehtiyojmand va boquvchisini yo‘qotgan 15 ta oilaning xolidan xabar olinib, ularga zaruriy bo‘lgan 6 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Bundan tashqari, Byuroning Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan ushbu xayriya yordami davom ettirilgan holda “Gandumtosh” MFYdagi kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan 3 ta oilaga ham asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi va tabiiy gaz is’temoli uchun
100,0 ming so‘mdan pul mablag‘lari to‘lab berildi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Siz biz uchun uyda qoling, MIB Siz uchun xizmatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Savob ilinjida...