21:50 / 20.04.2020
4 132

O‘zbekistonda Ramazon oyi 24 aprelda boshlanadi

O‘zbekistonda Ramazon oyi 24 aprelda boshlanadi
2020 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Qarorga muvofiq, muborak Ramazon oyining karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, uy sharoitida, oila davrasida o‘tkazilishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Ayniqsa, yordamga muhtoj va ehtiyojmand shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar yanada kuchaytiriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga ko‘ra, 2020 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga to‘g‘ri keladi.
«O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2020 yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 24 aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan», deyiladi idora xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Ramazon oyi 24 aprelda boshlanadi