23:18 / 20.04.2020
3 579

Koronavirus inson immunitetining asosiy hujayralaridan biriga zarar yetkazishi aniqlandi

Koronavirus inson immunitetining asosiy hujayralaridan biriga zarar yetkazishi aniqlandi
Koronavirus inson immun tizimining T-limfotsitlariga zarar yetkazib, OIV kabi organizmni infeksiyaga qarshi kurashish qobiliyatidan mahrum etadi.
Bunday xulosaga Xitoyning Fudan universiteti va Nyu-York qon markazi olimlari virusning T-limfotsitlarga ta’sirini o‘rganish vaqtida kelishgan. Tadqiqot haqidagi maqola Cellular & Molecular Immunology nashrida chop etilgan.

T-limfotsitlar organizm uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yot moddalar tashuvchi hujayralar – antigenlarni tanish va yo‘q qilishni ta’minlaydi.

Olimlar xulosasiga ko‘ra, koronavirus va T-limfotsit aloqaga kirishganda, T-limfotsit xavfni bartaraf etmay, aksincha o‘zi virus qurboniga aylanadi. Virus o‘z tikanlari bilan limfotsitning hujayra membranasiga yopishadi va shundan keyin virus genlari T-hujayraga kirib, uni organizmni himoyalash imkoniyatidan mahrum qiladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, 2002 yildagi SARS va 2012 yildagi MERS kabi avvalgi koronaviruslar organizmning himoyalovchi hujayralarini zararsizlantira olmagan.

Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu ma’lumot yangi koronavirusdan kasallanishlar hamda 65 yoshdan kattalar va o‘pka, yurak, qon bosimi va qand kasalliklariga ega odamlar orasida o‘limlar soni yuqoriligi sababini tushuntiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus inson immunitetining asosiy hujayralaridan biriga zarar yetkazishi aniqlandi