05:56 / 21.04.2020
3 000

Shavkat Mirziyoyev: «Prezident aytdi deb tadbirkorni ezishga yo‘l qo‘yilmaydi»

Shavkat Mirziyoyev: «Prezident aytdi deb tadbirkorni ezishga yo‘l qo‘yilmaydi»
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 aprel kuni sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda aholining ijtimoiy himoyasi hamda qurilish va infratuzilma tarmoqlari faoliyati masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev ayrim xorij mamlakatlarida koronavirusdan jabr ko‘rganlarga davlat naqd pul ko‘rinishida yordam ko‘rsatayotgani haqida gapirar ekan, bu tajriba o‘zini oqlamasligi haqida aytib o‘tdi.

Xususan, mamlakatda kam ta’minlanganlarning ishonchli ro‘yxati mavjud emasligi, ushbu mablag‘lar muhtojlarga yetib borishida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishi mumkinligiga e’tibor qaratildi.

«Albatta, rag‘batlantirish uchun pul tarqatish oson yo‘l. Lekin ertaga buning oqibatda nimalarga olib kelishini hali biron bir iqtisodchi bashorat qila olmayapti», deya ta’kidlagan prezident.

Shuning uchun joylarda tadbirkorlar va fermerlarga imtiyozlar berish orqali kam ta’minlanganlarni ish bilan ta’minlash, iste’mol mollari yetkazib berish taklifini bildirildi. Tadbirkorlarga kam foizli kreditlar ajratish, soliq va kredit ta’tili berish, fermerlarga o‘g‘it va yoqilg‘ini 15-20 foizga arzon narxda yetkazib berish orqali, tadbirkor ham, o‘sha hududdagi kam ta’minlangan oilalar ham manfaatdor bo‘lishi qayd etildi.

«Prezident aytdi, deb tadbirkorni ezishga, bir so‘m zarar keltirishga hech kimning haqqi yo‘q. Shundoq ham hech kimga aytmasdan saxovat qilayotgan tadbirkorlarimiz bor. Ming rahmat ularga. Ammo endi ularga imtiyozlar beriladi va shu orqali kam ta’minlangan oilalar davlatning yordamini sezadi.

Biz «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lyapmiz. Bugun koronavirusga qarshi kurashayotganlar, fidoyi insonlar, saxovatli tadbirkorlarimiz haqida ommaviy axborot vositalarida har kuni yoziladi. Bugungi og‘ir sharoitda matonat ko‘rsatayotganlar, ehtiyojmand yurtdoshlarimizga saxovat qilayotgan insonlar haqida hali kitoblar yoziladi, she’rlar bitiladi. Ular haqida Ikkinchi jahon urushida kurashganlar haqida qanday kitoblar yozilgan bo‘lsa, shunday kitoblar chiqadi. Bu ham urush. Faqat dushman ko‘rinmaydi. Biz ko‘zga ko‘rinmas dushman bilan kurash olib boryapmiz
», dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Prezident aytdi deb tadbirkorni ezishga yo‘l qo‘yilmaydi»