11:50 / 21.04.2020
2 553

Samarqand viloyatida zamonaviy avtobus parki paydo bo‘ladi

Samarqand viloyatida zamonaviy avtobus parki paydo bo‘ladi
Foto: Transport vazirligi
Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatida zamonaviy avtobus parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, quyidagilar:
  • Samarqand viloyati, Samarqand shahar Gagarin ko‘chasida joylashgan Samarqand shahar hokimligi muassisligidagi “2531-sonli avtojamlanma” davlat unitar korxonasi oxirgi 10 yildan buyon o‘zining asosiy faoliyat turi bilan shug‘ullanmagan, asosiy vositalari to‘liq eskirgan va o‘z xizmat vazifasini o‘tab bo‘lgan;
  • korxona 2019 yilni 59,7 mln. so‘m zarar bilan yakunlagan.

Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korxonani investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan “SITY BUS SARRIER” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga “nol” xarid qiymatida sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Belgilab qo‘yilishicha, “SITY BUS SARRIER” MCHJ quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi:
  • korxonaning kreditorlar oldidagi barcha qarzdorliklarini to‘lash, 1 yil muddat ichida korxonaga kamida 9,0 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritib, korxonani to‘liq rekonstruksiya qilgan holda korxona faoliyatini saqlab qolgan holda zamonaviy avtobus parki va servis markazini tashkil etish;
  • kamida 250 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oylik muddatda ushbu qarorning 3-bandida belgilangan shartlarda korxonani “nol” xarid qiymatida sotilishi bo‘yicha “SITY BUS SARRIER” MCHJ bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini hamda “SITY BUS SARRIER” MCHJ tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlaydi.

Bunda, “SITY BUS SARRIER” MCHJ tomonidan bir oy muddat ichida korxonaning Davlat budjeti va maqsadli fondlari oldidagi barcha qarzlar, shuningdek, ish haqidan va boshqa kreditorlar bo‘yicha qarzlar to‘lab berilganidan so‘ng korxona mulkiy majmuasini topshirish-qabul qilish ishlari amalga oshirilib, korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyatida zamonaviy avtobus parki paydo bo‘ladi