15:50 / 21.04.2020
4 077

Koronavirusga chalingan bemorlar qancha muddatda tuzalishi ma’lum qilindi

Koronavirusga chalingan bemorlar qancha muddatda tuzalishi ma’lum qilindi
Koronavirusga chalingan bemorlar o‘rtacha 10—15 kunda, og‘ir hollarda bir oy davomida tuzalishi aytildi. Tuzalgandan so‘ng, bemorlar bilan yana 14 kun davomida reabilitatsiya ishlari olib boriladi.
Bu haqda 21 aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qilgan.

Oqilov, shuningdek, karantinga olingan fuqarolarning karantindan chiqarish muddatlari cho‘zilib ketayotganligi borasida savolga ham izoh berib o‘tgan.

Karantindan chiqarish qoidalariga asosan 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy bo‘lsa, karantindagi shaxslar chiqarilishi, agar laboratoriya natijalari musbat bo‘lsa karantin davom etishi ta’kidlab o‘tildi. Virusni «tarqatayotgan» odamlarning karantindan chiqarilishi mumkin emasligi alohida qo‘shimcha qilindi.

Eslatib o‘tamiz, shtab a’zosi avvalroq Toshkent shahridagi xususiy mehmonxonalarda tashkil qilingan karantin hududlarida kimlar saqlanishini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, bir karantin xonasida yashaydigan 3-4 kishi orasida virus aniqlansa, boshqalar uchun ham karantin muddati uzaytirilishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusga chalingan bemorlar qancha muddatda tuzalishi ma’lum qilindi