18:02 / 21.04.2020
2 452

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 300ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 300ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon viloyatida 8, Farg‘ona viloyatida 5, Buxoro viloyatida 15, Xorazm viloyatida 4 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Endilikda O‘zbekistonda ushbu kasallikdan to‘la sog‘ayganlar soni 274 nafarga yetdi.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 8 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlardan 5 nafari Andijon shahridan, 3 nafari Jalaquduq tumanidan. Ulardan 4 nafari erkak bo‘lsa, yana 4 nafari ayollar. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 13 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 21 nafarga yetdi.
Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 5 nafar sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi Turkiyadan kelishgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 2 nafari Toshkent shahridan, Qashqadaryo, Toshkent va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 41 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 6 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 11 nafarga yetdi.
Shuningdek, bugun Buxoro viloyatidan yana 15 nafar, Xorazm viloyatidan esa 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Buxoroda shifo topganlarning 7 nafari Rossiyadan, 4 esa Turkiyadan charter reyslar orqali viloyatga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 11 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Buxoro va 2 nafari Surxondaryo viloyatidan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 68 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 83 nafarga yetdi.

Xorazm viloyatida esa tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan kelishgan, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 3 nafari ayol, 1 nafari erkak bo‘lib, 2 nafari Buxoro viloyatidan, Samarqand va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 27 yoshda.

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 10 nafar bemor butkul sog‘aydi.
«Sog‘aygan bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifokorlari tomondan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Endilikda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 293 nafarni tashkil etmoqda. 21 aprel holatiga ko‘ra, zararlanish holatlari soni 1657taga yetgan, bemorlarning 6 nafari olamdan o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 300ga yaqinlashdi