19:30 / 21.04.2020
7 736

O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatiladi

O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatiladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yaqin vaqtlarda 500 ming kishini koronavirusga tekshiruvdan o‘tkazish rejalashtirilyapti.

O‘zbekistonda 150 mingga yaqin inson koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan. Yaqin orada bu raqamlar yarim millionga yetkaziladi.
Olingan testlarning soni kelgusida maksimal oshirilishi hisobigagina karantin shartlarini yumshatish mumkin
”, dedi Habibulla Oqilov.

Avvalroq, O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin tartibi 10 maygacha uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1657 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 344 nafari davolangan, 6 nafari vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatiladi