06:00 / 22.04.2020
2 686

Mavsumiy allergiyani koronavirusdan qanday farqlash mumkinligi ma’lum qilindi

Mavsumiy allergiyani koronavirusdan qanday farqlash mumkinligi ma’lum qilindi
Mavsumiy allergiya va koronavirusda o‘xshash alomatlar bor, biroq ularni farqlash mumkin.
Bu haqda Britaniya umumiy amaliyot shifokorlarining qirollik kolleji professori Martin Marshall so‘zlab berdi.

Allergiyaning asosiy alomatlari – tumov yoki burun bitishi, aksirish, ko‘z yoshlanishi, ba’zida yo‘tal hisoblanadi. Bu alomatlar ob-havo yoki kunning qismiga qarab kuchayishi yoki sustlashishi mumkin. Misol uchun, kunduzi va kechasi gul changlari odatda ko‘proq bo‘ladi va inson o‘zini ertalabga qaraganda yomonroq his qilishi, yog‘ingarchilikda esa alomatlar kuchsizlanishi mumkin.

Koronavirus esa yuqori tana harorati va to‘xtovsiz yo‘tal bilan farqlanib, bu alomatlar tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu holatda shifokor chaqirtirib, o‘zini izolyatsiya qilish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mavsumiy allergiyani koronavirusdan qanday farqlash mumkinligi ma’lum qilindi