20:03 / 22.04.2020
1 636

Og‘ufurushlarga nisbatan hukm o‘qildi

Og‘ufurushlarga nisbatan hukm o‘qildi
Giyohvand moddalar kelajak avlodning nurli istiqboliga soya solishi bilan davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid uyg‘otuvchi omillardan sanaladi. Shu bois ham giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish Davlat xavfsizlik xizmati idoralari oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.

DXX xodimlarining muntazam ravishda olib borayotgan say’-harakatlari tufayli giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yilmoqda.

Xususan, 2019 yilning 9 oktabr kuni Andijon viloyati Asaka shahar «Buyum bozori» hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi, muqaddam 2 marotaba sudlangan, 1974 y.t. Ibrohim Yormatov 12 kg. 985 gr. «gashish» giyohvandlik vositasi bilan qo‘lga olingan edi. Aniqlanishicha, ushbu og‘u qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan olib kelingan bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi I.Yormatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga oid hujjatlarni atroflicha ko‘rib chiqdi va uning sodir etgan qilmishi oqibatlarini hisobga olib, 13 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Ta’kidlash lozimki, I.Yormatov 2019 yilning mart oyida giyohvandlik vositasi sanalgan “Tramadol” tabletkasini ko‘p miqdorda mamlakatimizga olib kirganligi uchun sud hukmi bilan unga 4 yil 2 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi.

Shuningdek, DXX xodimlarining 2019 yilning 14 sentabr kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hududida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1989 y.t. Nurmat Isoqov Qirg‘izistondagi jinoiy aloqalaridan qabul qilib olgan 6 kg. 318 gr. «gashish» giyohvandlik vositasini Farg‘ona viloyatiga olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan edi.

Uning jinoiy sherigi 1985 y.t. marg‘ilonlik Shuhrat Mahmudov esa ushbu «gashish» moddasi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan chet el valyutasini qirg‘izistonlik og‘ufurushlarga berib, O‘zbekistonga qaytib kelgan vaqtida ushlangandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Marhamat tuman sudi tomonidan N.Isoqov va Sh.Mahmudovlarga nisbatan hukm o‘qilib, ularning har biriga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Og‘ufurushlarga nisbatan hukm o‘qildi