20:20 / 22.04.2020
4 728

Samarqandda koronavirus yuqtirganlar soni noto‘g‘ri hisoblangandimi?

Samarqandda koronavirus yuqtirganlar soni noto‘g‘ri hisoblangandimi?
Foto: Zarnews.uz
2020 yil 22 aprel soat 11:30 holatiga, Samarqandda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bergan edi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, boshqarma o‘z xabariga tuzatish kiritdi: Samarqandda koronavirus bilan kasallanganlar 15 nafar, infeksiya alomatlari kuzatilayotganlar 64 nafarni tashkil etmoqda.

«Bugun 2020 yil 22 aprel soat 11:30 holatiga ko‘ra, Samarqandda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 nafarni tashkil etayotganligi haqida xabar bergan edik. Mutaxassislarning oxirgi xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ayni paytda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarning 15 nafarida «Covid-19» infeksiyasi rasman tasdiqlangan. 64 nafar bemorda esa mazkur virus alomatlari kuzatilgan. Hozirda tibbiy tekshiruvlar davom etmoqda», deyiladi boshqarma xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda koronavirus yuqtirganlar soni noto‘g‘ri hisoblangandimi?