08:17 / 23.04.2020
2 970

Boysunda “Nexia” haydovchisi cho‘pon va uning podasini urib yubordi

Boysunda “Nexia” haydovchisi cho‘pon va uning podasini urib yubordi
Surxondaryo. 2020 yilning 21 aprel kuni soat 02:00 da haydovchi 23 yoshli S.P. “Nexia” rusumli avtomashinasida Boysun tumani “Temirdarvoza” mahallasi hududidan o‘tuvchi 39 avtomobil yo‘lining 1334-kilometrida “Termiz-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo‘ylarni haydab ketayotgan piyoda 28 yoshli A.Q., ni va unga tegishli bo‘lgan 21 bosh qo‘ylarni hamda 10 bosh qo‘zilarini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida A.Q. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIB huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Holat yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Boysunda “Nexia” haydovchisi cho‘pon va uning podasini urib yubordi