13:10 / 23.04.2020
3 154

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni o‘zgarishsiz qolmoqda

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni o‘zgarishsiz qolmoqda
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 23 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra 1716 nafarni tashkil etmoqda — kasallanganlar soni 22 aprel soat 23:00 dagi holatdan beri o‘zgarishsiz qolgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov «O‘zbekiston 24» telekanalidagi chiqishida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 84 nafar bemor davolanmoqda, ularning 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda, uch bemorning ahvoli og‘ir, ulardan bir nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 82 bemor davolanmoqda, ulardan ikki ikki nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida esa 152 bemor davolanmoqda, 45 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda; olti bemorning ahvoli og‘ir, ulardan ikki nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Eslatib o‘tamiz, 15 martdan buyon O‘zbekistonda 450 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi, yetti bemor esa infeksiya asoratlaridan vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni o‘zgarishsiz qolmoqda