14:00 / 23.04.2020
2 771

Alisher Usmonov O‘zbekistonga yana 5 million dollar xayriya qilmoqchi

Alisher Usmonov O‘zbekistonga yana 5 million dollar xayriya qilmoqchi
Foto: Uzreport TV
Milliarder ishbilarmon Alisher Usmonov pandemiya davrida O‘zbekistonga 20 million dollar xayriya qildi. Shuningdek, u yana 5 million dollar ajratishi kutilmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 23 aprel kuni tashkil etilgan Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida kelib tushayotgan yirik xayriyalar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bizga 600 milliard so‘mlik xayriya mablag‘lari kelib tushdi. Xususan, Alisher Usmonovdan 20 million dollar ajratdi, bugun esa uning nomidan yana 5 million dollar kelib tushadi. Ushbu mablag‘lar Zangiota tumanida qurilayotgan shifoxonani jihozlash uchun sarflanadi. Bundan tashqari, UzTex 1 million dollar ajratgan, Navoiydagi “Baxt tekstil“ korxonasi 500 ming dollar, Turkiyadagi “Tashkent Trade Centre” 200 ming dollar xayriya qilgan“, — deydi u.

Qo‘chqorovning aytishicha, O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik jamg‘armasiga o‘tkazilgan pullar 71 milliard so‘mdan oshdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov O‘zbekistonga yana 5 million dollar xayriya qilmoqchi