16:13 / 23.04.2020
3 445

Koronavirus bemorlarining har birini davolash uchun qanchadan pul sarflanayotgani ma’lum qilindi

Koronavirus bemorlarining har birini davolash uchun qanchadan pul sarflanayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlangan bemorlar davolanishi uchun xarajatlar to‘liq davlat tomonidan qoplanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Xalqaro press-klubning sessiyasida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan o‘rta ahvoldagi har bir bemor uchun 32 million so‘mdan mablag‘ sarflanmoqda. Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan og‘ir ahvoldagi har bir bemor uchun esa o‘rtacha 64 million so‘m sarflanmoqda. Shuningdek, karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biri uchun 14 kunlik karantinda davrida 2,4 million so‘mdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemor tiklanishi uchun 2,8 million so‘mdan sarflanmoqda.

«Bizda kasallik 15 mart kuni ilk marta qayd etilgan bo‘lsa, biz bunga 2 oy avvaldan tayyorgarlikni boshlagandik. Shunda JSST ekspertlari aytishdiki, agar bu epidemiya uch yil avval O‘zbekistonda ro‘y berganida bu tizim ko‘tara olmasdi. Yaxshiki, prezidentimiz boshchiligida sohada qator islohotlar amalga oshirildi va tibbiyotda o‘zgarishlarga erishdik. Chunki davlatimiz rahbari birinchi navbatga xalqni salomatligini qo‘ydi.

Bizdagi cheklovlar va profilaktik choralar bu kasallik keskin tarqalishining oldini oldi. Bemorlarimizni oladigan bo‘lsak, 1716 nafaridan 12 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir holatda. Bu 1,4 foizni tashkil qiladi. Holbuki boshqa davlatlarda bu ko‘rsatkich 20 foizgacha, o‘ta og‘ir holatlar 3-5 foizga yetadi. Bir kunda aniqlash bo‘yicha 10 mingdan ortiq testlar o‘tkazayapmiz, bugungi kungacha 210 mingdan ortiq testlar o‘tkazildi.

Bizda kasallikdan davolanayotganlar, virus yuqqani gumon qilinganlar, karantinda saqlanayotganlarning hammasi davlat budjeti hisobidan bepul davolanmoqda.

Hozir bu kasallikka qarshi kurash uchun 16 ming o‘rin hozirlab qo‘yildi. Sababi, juda ko‘p davlatlar joy topolmay qoldi. Bizda esa shunday imkoniyat yaratib berildi. Bugungi kunda yurtimizda o‘rta holatdagi bir nafar kasalga 32 mln so‘m, reanimatsiyadagi bemor uchun 64 mln so‘m ajratilyapti. Barcha apparatlar, jumladan o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlari ham zaxirasi bilan bor. Shuningdek, koronavirusdan davolash maqsadida 20 ming bemor uchun dori-darmon vositalari zaxirasi yaratib qo‘yilgan
», deydi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus bemorlarining har birini davolash uchun qanchadan pul sarflanayotgani ma’lum qilindi