18:56 / 23.04.2020
2 465

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 500ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 500ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon, Jizzax va Buxoro viloyatlarida koronavirusdan zararlangan bemorlarning navbatdagi guruhi tuzalgani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bugun hozircha 36 bemor sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 486 nafarga yetdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasidan 4 nafar bemor butkul sog‘aygan. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Ulardan 1 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Shunday qilib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan to‘liq tuzalib chiqqanlar soni 51nafarga yetdi.

Jizzax viloyatida ham bir bemor sog‘aygan. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Sog‘aygan bemor (erkak) 35 yoshda bo‘lib, Jizzax shahridan. U koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. So‘nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan.

Bugun Buxoro viloyatida bir yo‘la 31 nafar bemor to‘liq sog‘aygan. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Shifo topganlarning 26 nafari Rossiyadan, 4 esa Turkiyadan charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingandi. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. 1 nafar bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan.

Ulardan 27 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Samarqand viloyatidan, 4 nafardan Andijon, Toshkent va Buxoro viloyatlaridan, 2 nafardan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan, 1 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 83 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 114 nafarga yetdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1716tadan oshgan, 7 bemor vafot etgan, kasallikdan sog‘aygan bemorlar soni 486 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 500ga yaqinlashdi