Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyatida yana 58 nafar bemor sog‘aygani haqida ma’lumot berdi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning jami soni 561 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, Buxoro viloyatida 58 nafar bemor butkul sog‘ayib, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.
Buxoro viloyatida bugunning o‘zida sog‘ayganlar soni 95 nafarni tashkil qildi. Avvalroq viloyatda 37 nafar bemorga javob berilgani ma’lum qilingandi.
Bugun kun davomida Andijonda 4, Jizzaxda 1, Surxondaryoda 1, Toshkent shahrida 10 (Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8) nafar bemor tuzalgandi.
Qayd etish kerakki, so‘nggi kunlarda kunlik tuzalishlar soni o‘sib bormoqda, 21 aprel kuni 96, 22 aprel kuni 93, bugun esa 111 nafar bemor tuzaldi. Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar soni 561 nafarga yetdi.
23 aprel soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1735 nafarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi