11:23 / 25.04.2020
2 255

Zangiotada mashinani olib qochgan shaxs «Zil» bilan to‘qnashuv sodir etdi

Zangiotada mashinani olib qochgan shaxs «Zil» bilan to‘qnashuv sodir etdi
Foto: Tergov departamenti
2020 yilning 18 aprel kuni soat 22:30da 29 yoshli J.Z. fuqaro 25 yoshli D.O.ga tegishli Matiz rusumli avtomashinasini Toshkent viloyati Zangiota tumani Harakat mahallasidagi savdo do‘koni oldida kaliti bilan ochiq holatda qoldirib ketganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u mashinani Tarnov mahallasi tomonga haydab ketgan va boshqaruvni yo‘qotib yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada J.Z. tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada mashinani olib qochgan shaxs «Zil» bilan to‘qnashuv sodir etdi