12:50 / 25.04.2020
3 338

Koronavirus sabab og‘ir ahvolda qolayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi

Koronavirus sabab og‘ir ahvolda qolayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov yurtimizdagi epidemiologik holat xususida ma’lumot berdi.

Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 1836 bemor ro‘yxatga olingan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 103 bemorning 30 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 66 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 145 bemordan 47 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 3 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti.

«Hozirgi vaqtga kelib, 85 mingdan ko‘proq fuqaro tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Kasallikdan to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilganlar soni 621 nafarni, umumiy kasallanganlar soniga nisbatan 34,4 foizni tashkil etyapti. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib, dunyo hamjamiyatida eng samarali davolash usullari tatbiq etilayotgan davlatlar qatorida turibmiz.

Karantin tadbirlari amalga oshirilayotgan davrni boshimizdan kechiryapmiz. Atrofda kasallikka chalinganlar yo‘qligiga hech kim kafolat berolmaydi. Shunday ekan, ko‘chaga chiqishga, muloqotga kirishishga, har xil bahona va sabablarni o‘ylab topishga urinmang
» -, deydi Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus sabab og‘ir ahvolda qolayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi