13:28 / 26.04.2020
3 194

Тoshkentda tibbiy xizmati mashinasi va «Mersedes» to‘qnashdi (foto)

Тoshkentda tibbiy xizmati mashinasi va «Mersedes» to‘qnashdi (foto)
Toshkentda «Damas» va «Mercedes-Benz Ye 350» ishtirokida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati tomonidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 25 aprel kuni soat 16:00lar atrofida Toshkent shahar, Uchtepa tumani, KXAY va Foziltepa ko‘chalari kesishmasida haydovchi 1966 y.t. A.M. boshqaruvidagi «Bolalar ko‘p tarmoqli diagnostika maslahat poliklinikasi»ga tegishli Damas» rusumli transport vositasi hamda haydovchi 1993 y.t. B.U. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz Ye 350» rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida «Damas» rusumli transport vositasi haydovchisi A.M. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. Ushbu to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda «Yo‘l harakati qoidalari»ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Тoshkentda tibbiy xizmati mashinasi va «Mersedes» to‘qnashdi (foto)