17:45 / 26.04.2020
3 003

Shahrisabzda haydovchi IIB xodimini o‘z mashinasida sudrab ketdi

Shahrisabzda haydovchi IIB xodimini o‘z mashinasida sudrab ketdi
2020 yil 22 aprel kuni Shahrisabz shahar ma’muriy sudi binosida 1987-yilda tug‘ilgan M.Suyarovning xatti-harakati yuzasidan sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nasafnews” manbasi xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 22 aprel kuni soat 11:00 lar atrofida Shahrisabz shahar, “Do‘stlik” mahallasi hududida M.Suyarov "Matiz" rusumli “70/U 162 KA” davlat raqamli avtomashinasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan.

Shu yerda xizmat vazifasini bajarib turgan profilaktika inspektori J.Turdiyevga hujjatlarini taqdim qilmasdan uni o‘z avtomashinasida 50 metr masofagacha tortib ketgan.

IIB xodimi M.Suyarovning xatti-harakati yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.
Aniqlanishicha, M. Suyarov karantin qoidalariga amal qilmay, belgilangan tartib qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Bu ham yetmagandek, undan hujjatlarni so‘ragan J. Turdiyevni mashina eshiklarini yopmay sudrab qochib ketishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga asosan huquqbuzarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahrisabzda haydovchi IIB xodimini o‘z mashinasida sudrab ketdi