19:42 / 26.04.2020
3 662

Zangiotadagi ayollar koloniyasidan bir guruh mahkumalar ozodlikka chiqarildi

Zangiotadagi ayollar koloniyasidan bir guruh mahkumalar ozodlikka chiqarildi
Foto: O‘zA
Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan ayollar koloniyasidan bir guruh mahkumalar ozodlikka chiqarildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudi raisi O‘ktam Holiqov raisligida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida 21-jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatining taqdimnomalari ko‘rib chiqilgan. Taqdimnomada jazoni o‘tash jarayonida belgilangan tartiblarga qat’iy rioya etgan, qilmishidan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh mahkumalarni muddatidan oldinroq ozod etish so‘ralgan.

Xususan, yangiyo‘llik mahkuma R.G. 2015 yil mart oyida Jinoyat kodeksining 223-moddasi, ya’ni qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki kirishga oid qoidalarni takroran buzgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Sudda mahkuma o‘ziga tegishli xulosa chiqargani, aybini anglab yetgani, qilgan ishidan qattiq pushaymonligini bildirib, oilasi bag‘riga qaytishga imkon berishni so‘ragan.

Foto: O‘zA
Sud mahkumaning shaxsiy yig‘ma jildini o‘rganib chiqish jarayonida uning jazoning yarmini o‘tab bo‘lgani, tarbiyaviy ishlarda faol ishtirok etib, topshirilgan ishlarni vijdonan bajargani, muhimi qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqargani, uni jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalash mumkinligi haqidagi fikrlar inobatga olinib, uning o‘talmagan qariyb 1 yil 11 oy jazo muddati shartliga almashtirilgan va R.G. muddatidan oldin ozodlikka chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotadagi ayollar koloniyasidan bir guruh mahkumalar ozodlikka chiqarildi