08:06 / 27.04.2020
3 926

Qashqadaryoda tarvuz pishishiga 10 kun qoldi

Qashqadaryoda tarvuz pishishiga 10 kun qoldi
Bugun Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida poliz mahsulotlaridan tarvuz yetishtirishning o‘ziga xos maktabi yaratilgan. Bu ayniqsa tumanning Ko‘kdala hududida keng quloch yoygan bo‘lib, hududning mirishkor dehqonlari tarvuz parvarishlashning intensiv usullarini qo‘llash, serhosil navlarni yetishtirishda ilg‘orlik namoyon etishmoqda .

Joriy yilda ham tuman buyicha 14 ming gektar yerga tarvuzning ertachi, o‘rta va kechki navlari ekilishi mo‘ljallangan.

— Shu yil ham 5 gektar yerga tarvuz ekkanmiz deydi, — tumandagi «Rajab ota» fermer xo‘jaligi rahbari Ulug‘bek Jumanazarov. — Biz urug‘ni yerga qadaganda qor bor edi. O‘ziga xos mehnati ham bo‘ldi. Gektaridan 20 tonnagacha xosil olish niyatidamiz. Mahsulotlarimiz butun mamlakatimiz bo‘ylab tarqaladi, eldan ortganini birinchilardan bo‘lib, Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilamiz.

Ma’lumot uchun, bu yil Chiroqchi tumanida 385 ta fermer xo‘jaliklari va 591 ta tomorqa egalari tarvuz yetishtirishga bel bog‘lashgan.
E’tiborlisi, 5 030 gektar yerga ekilgan ertapishar tarvuzning dastlabki xosili may oyining birinchi o‘n kunligida pishib yetiladi.

Mazkur yo‘nalishda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ham zarur chora-tadbirlar belgilab olingan. Hududda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlarini eksportga jo‘natishda eksportyorlarga doimiy ravishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bojxona rasmiylashtiruvlarining soddalashtirilgan tartibda «yashil yo‘lak» orqali amalga oshirilishi, tadbirkorlarning qimmatli vaqtini va mablag‘ini tejashga, mahsulotlarni sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini ta’minlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda tarvuz pishishiga 10 kun qoldi