Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyatida yana 15 bemor tuzalgani va jami tuzalganlar soni 800 nafardan oshgani to‘g‘risida ma’lum qildi.
Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 15 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, shifo topganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 13 nafari erkak, 2 nafari ayol. Bemorlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh.
Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 265 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 280 nafarga yetdi.
Ayni vaqtgacha mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 804 nafarni tashkil etmoqda.
Virus tarqalishni boshlagandan buyon 1887 kishida virus aniqlandi, shundan 804 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi, 1075 kishi shifoxonalarda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»