15:05 / 27.04.2020
2 556

Yangiyo‘l tuman poliklinikasi tibbiy xodimida koronavirus aniqlangani tasdiqlandi

Yangiyo‘l tuman poliklinikasi tibbiy xodimida koronavirus aniqlangani tasdiqlandi
Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— May oyida turmush o‘rtog‘imni ko‘zi yorishi kerak edi va reja bo‘yicha Respublika perinatal markaziga (SamPI) borishimiz kerak edi. Hozirgi paytda RPM karantinga yopilgan bo‘lsa, biz qayerga borishimiz mumkin?
— Haqiqatan ham hozirgi paytda RPM karantinga yopilgan va homilador ayollarni qabul qilayotgani yo‘q. Lekin sizning turmush o‘rtog‘ingizning ko‘zi yorish payti kelguncha RPM ochilishi ham mumkin. Agar bu markazda karantin davom etadigan bo‘lsa, siz Shahar perinatal markaziga yoki turar joyingizga qarashli tug‘uruk kompleksiga hech qanday muammosiz murojaat qilishingiz mumkin.

— Agar shoshilinch ravishda tishim og‘rib qolsa, qayerga murojaat kilishim mumkin? Barcha xususiy stomatologik klinikalar karantin davrida yopilgan bo‘lsa?
— Barcha oilaviy poliklinikalarda stomatolog shifokorlar ishlamoqda. Shuningdek, shaharning barcha tumanlarida navbatchi stomatologik kabinetlar ishi ta’minlangan va ularning bir qismi soat 21:00 gacha, bir qismi esa — sutkasiga 24 soat shoshilinch bemorlarni qabul qilishadi. SSV qoshidagi «koll-sentr»ga 1003 raqam orqali murojaat qilsangiz, sizga yaqinroq bo‘lgan navbatchi stomatologiya kabinetining manzilini aytishadi.

— Yangiyo‘l aholisi shahar poliklinikasida koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi xabarlardan bezovta bo‘lmoqda (shahar markazini yopishdi, poliklinikani shifokor va bemorlari bilan birga yopishdi, koronavirus aniqlangan shifokorlarni eski sana bilan mehnat ta’tiliga rasmiylashtirishgan). Infeksiya aniqlanganlar soni va ular orasida shifokorlar ham borligi to‘g‘risida rasmiy xabar bera olasizmi?
— Biz Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik agentligining Toshkent viloyati bo‘limi bosh shifokoridan rasmiy javob oldik. Unga ko‘ra, haqiqatan 22 aprel kuni Yangiyo‘l tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi o‘rta tibbiy xodimda COVID-19 ga test tekshiruvida musbat natija tasdiqlangan. Tartib-qoidalarga ko‘ra, poliklinikaning 198 nafar xodimi va ular bilan aloqada bo‘lganlar O‘rta Chirchiqdagi karantin shaharchasiga kuzatish uchun joylashtirildi.
Savoldagi qolgan barcha faktlar (shahar markazini yopishdi, poliklinikani shifokor va bemorlari bilan birga yopishdi, koronavirus aniqlangan shifokorlarni eski sana bilan mehnat ta’tiliga rasmiylashtirishgan) haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

— Internetda tana harorati oshganda ibuprofen qabul qilish koronavirus infeksiyasi kechishini qiyinlashtirar ekan. Shu to‘g‘rimi?
— Ha, xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasida ibuprofenni tana haroratini tushirishda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar siz o‘zingiz va oila a’zolaringizda tana harorati oshganini yoki O‘RVI alomatlarini sezsangiz, SSVning qisqa raqamiga murojaat qiling. O‘zini o‘zi davolash qat’iy tavsiya etilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘l tuman poliklinikasi tibbiy xodimida koronavirus aniqlangani tasdiqlandi