16:50 / 27.04.2020
2 619

O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 900ga yaqinlashdi

O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 900ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun yana 76 bemor sog‘aygani haqida ma’lum qildi. Endilikda koronavirusdan tuzalganlar soni 880 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Toshkent shahri, Namangan, Jizzax va Xorazm viloyatlarida koronavirusdan zararlanganlarning navbatdagi guruhlari tuzalib, ularga javob berilgani haqida xabar qildi.

Namangan viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Namanganda sog‘ayganlarning 1 nafari erkak, 3 nafari ayol, barchasi ushbu viloyatdan. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Eng yoshi kattasi 66 yoshda, eng yoshi kichigi 31 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 57 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 61 nafarga yetdi.

Jizzaxdan tuzalib chiqqan 33 yoshli va 31 yoshli bemorlar (erkak) jizzaxlik bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan avval 1 nafar fuqaro sog‘ayib chiqqan edi. Endilikda ushbu viloyatdagi koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘ayib chiqishdi.

Toshkent shahridagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 2 nafar bemor butkul sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ulardan 9 nafari Turkiyadan Istambul – Toshkent yo‘nalishida, 3 nafari Rossiyadan Moskva – Toshkent yo‘nalishida, 1 nafari esa Seul – Toshkent yo‘nalishida charter reyslar orqali kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan.
Qolgan 1 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 8 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Ushbu klinikada shu paytga qadar 49 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 63 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayib chiqqan 53 yoshli va 38 yoshli bemorlar (ayol) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Mazkur klinikada shu paytga qadar 75 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 77 nafarga yetdi.

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 30 nafari joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 29 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida olinsa, Xorazm, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 5 nafardan, Buxoro va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Navoiy, Toshkent, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 61 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 94 nafarga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ularni respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘istondan (15 nafari Nukus shahridan, 4 nafari Mo‘ynoq tumanidan, yana 2 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 9 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 64 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

«Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 29 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 50 nafarni tashkil etmoqda.
Bugun kun davomida 91 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 880 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 900ga yaqinlashdi