23:09 / 27.04.2020
3 877

Ushbu haftada momaqaldiroq va kuchli yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda

Ushbu haftada momaqaldiroq va kuchli yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» O‘zbekistonda kutiladigan haftalik ob-havo haqida xabar berdi.

Bugun faqat respublikaning shimoliy tumanlariga navbatdagi nam havo oqimi kiradi va kechga borib Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat boshqa joylarga qaraganda pastroq — 23-28 daraja atrofida bo‘ladi. Bugun kechasi va ertaga ertalab respublikaning shimoliy tumanlarida yomg‘ir davom etadi, shuningdek Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ertaga kunduzi yog‘ingarchilik zonasi respublikaning markaziy va janubiy hududiga ko‘chadi. 28 aprelda kunduzi va 29 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti — vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28 aprelda ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 29 aprel kechga borib yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika hududi bo‘ylab bosim ko‘tariladi harorat esa pasayadi va 29 aprelda 20-25 darajani tashkil qiladi.

30 aprelda va 1 may kuni butun O‘zbekiston hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, 2 mayda esa ikki kunlik tanaffusdan so‘ng mamlaktimizda yana yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu kunlarda harorat 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ushbu haftada momaqaldiroq va kuchli yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda