Telegram’dagi Buxoro viloyati yangiliklarini yoritib boruvchi kanallarda Qorako‘l tumanidagi vaziyatga daxldor foto va videosuratlar paydo bo‘ldi. Ilova qilingan axborotda ta’kidlanishicha, aholi ommaviy tarzda viloyat ma’muriy markazi — Buxoro shahri tomon ketishni boshlagan.
«Potrebitel Buxara plyus» kanalida e’lon qilingan videoyozuvda odamlar nafaqat yengil avtomobillarda, balki yuk mashinalari va hatto traktor tirkamalarida ham ketayotganini ko‘rish mumkin; yo‘lda bir tomonga harakatlanayotgan avtomobillarning uzun karvoni paydo bo‘lgan.
— Shukhrat (@bankir2102) April 28, 2020
Ayni vaqtda, @bukharainfo kanalida 15:41 da qoldirilgan xabarga ko‘ra, «hozirgina shahar ustidan ikkita vertolyot uchib, Qorako‘l tomon yo‘l olgan». Avvalroq viloyatga kuchli shamol talofatlari bilan bevosita tanishish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgani ma’lum qilingan edi.
Qorako‘l tumanidagi vaziyat haqida hozircha biror rasmiy axborot berilgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi