20:45 / 28.04.2020
4 671

Prezident Buxoroda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi va olotliklar bilan uchrashdi

Prezident Buxoroda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi va olotliklar bilan uchrashdi
«27 aprel kuni respublikamizga Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelgan, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida sekundiga 9-40 metrgacha tezlikda shamol esgan edi. Oqibatda bir necha fuqaro jarohatlanib, bir kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, uy-joylar, avtotransport vositalari, infratuzilma ob’ektlari va ekin maydonlariga zarar yetdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun zudlik bilan Buxoro viloyatiga yetib bordi. Vertolyotda Qorako‘l va Olot tumanlaridagi holatni ko‘zdan kechirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.






Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Davlat rahbari kechagi kuchli shamol kutilmagan va ilgari kuzatilmagan tabiiy ofat bo‘lganini, odamlar turmushi, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga salbiy ta’sir qilganini afsus bilan qayd etdi.

«Xalqimiz hamjihat bo‘lib, bunday sinovlarni ko‘p yengib o‘tgan. Bu safar ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilib, talofat oqibatlari tezda bartaraf etiladi. Eng muhimi, ruhni tushirmay, birgalikda kurashsak, bu qiyinchiliklardan kuchli bo‘lib chiqamiz», deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Turar joylar va infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash, aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Buxoroda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi va olotliklar bilan uchrashdi