09:57 / 29.04.2020
2 136

Xitoy O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Xitoy O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi
Foto: Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi
O‘zbekistonga Xitoyning ikkinchi marta yuborgan insonparvarlik yuki bir qismi yetib keldi.
29 aprel kuni erta tongda Toshkent shahrining xalqaro aeroportiga bortida Xitoy hukumati yuborgan insonparvarlik yuklari bo‘lgan samolyot kelib qo‘ndi.

Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, yuklarning qolgan qismi ham tez orada tayyorlanadi va O‘zbekistonga yetkaziladi.

Qolgan qismida 100 mingta test-tizim, 50 mingta tibbiyot himoya kiyimlari, 150 mingta KN95 tibbiyot niqoblari, 1 millionta tibbiyot jarrohlik niqoblari, 150 mingta tibbiyot qo‘lqoplari va 1000 dona masofaviy termometr bo‘lishi aytiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoy O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi