15:52 / 29.04.2020
2 321

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1969 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1969 nafarga yetdi
O‘zbekistonda 29 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 14 kishiga ko‘payib, 1969 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 29 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 16 kishiga ko‘payib, 1955 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etish joiz, 28 aprel kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni (992 nafar) ayni vaqtda koronavirus infeksiyasidan davolanayotganlar sonidan (939 nafar) oshib ketdi. 29 aprel soat 15:00 holatida sog‘ayganlar soni (1055 nafar) bemorlar sonidan (914 nafar) ko‘proq.

Qayd etish joiz, O‘zbekistonda 15 martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1969 nafarga yetdi