19:19 / 29.04.2020
3 187

Chegara to‘liq yopilmagan, har kuni Afg‘oniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 500-600 kishi kirib kelmoqda

Chegara to‘liq yopilmagan, har kuni Afg‘oniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 500-600 kishi kirib kelmoqda
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Virus qayerda, mamlakat ichidami yoki izolyatsiyalangan joylardami (karantin hududlari)?
— Koronavirus infeksiyasidan kasallanish asosan karantin muassasalaridagilar orasida uchraydi. Bugungi kunda 85 ming nafar yurtdoshimiz karantinda. Ulardan:

▪️16, 948 nafari ➖ statsionar karantinda (kasalxona, sanatoriya, maxsus tayyorlangan joylar),
▪️62, 408 nafari ➖ uy sharoitidagi karantinda.

Shundan kelib chiqadiki, koronavirus aniqlangan hamma bemorlar ham maxsus izolyatsiyalangan karantin hududlaridan emas.

— Respublikamizda koronavirus kasalligi qayd etilishi kamayib borayotganday nazarimda, bu — yurtimizda pandemiya tamom, tugayapti deganimi?
— Unday degani emas. Vaziyat birmuncha yumshayotgan bo‘lsa-da, hali 1000 dan ortiq bemor davolanishni davom ettirayapti, 85 mingdan ko‘proq fuqaro karantinda bo‘lib turishibdi. Mutaxassislarning fikricha, koronavirusga chalingan bitta odam e’tiborsiz qoldirilsa va odamlar orasida yursa, bir oyda 406 ta odamga kasallikni yuqtirishi mumkin ekan. Oxirgi bemorimiz shifoxonadan chiqib ketganidan keyin 14 kun davomida yangi bemor ro‘yxatga olinmasa, o‘shanda biz xotirjam bo‘lsak bo‘ladi.

— Karantinda bo‘lgan aholining soni 80-90 ming atrofida bo‘lib turibdi, o‘zgarmayapti. Agar karantin 14 kun bo‘lsa, bu odamlar allaqachon kuzatuvdan chiqqan bo‘lishlari kerak ediku, nima sababdan ularning soni o‘zgarishsiz turibdi?
— Karantin e’lon qilingandan keyin ham ancha paytgacha hamyurtlarimiz charter reyslarida olib kelindi. Agar Siz chegaramiz butunlay yopilgan, deb o‘ylasangiz, bu xato fikr. Negaki har kuni davlatimizga xorijdan 500-600 fuqaro kirib kelayapti (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston orqali). Ularning barchasi uyushgan holda karantinga joylashtirilmoqda.

Karantin tadbirlari bilan qamrab olinganlar bular kimlar:
➖ xorijiy davlatlardan kelib yangidan qo‘shilayotganlar;
➖ kasallik chiqishi munosabati bilan karantin muddati uzaytirilgan shaxslar;
➖ bemorlarni davolash jarayonida qatnashganlar,
➖ bemor ishlagan ishxonasida birga ishlovchilar,
➖ bemorning uyida oila-a’zolari, yaqin qarindoshlari, muloqotda bo‘lganlar,
➖ bemorlar tashrif buyurgan muassasalar xodimlari,
➖ epidemik noxush hududlarga borib yuk olib kelish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar.

koronavirus karantin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)