20:59 / 29.04.2020
4 709

Samarqandda yog‘ayotgan kuchli do‘l va yomg‘ir sabab suv toshqini yuzaga keldi (video)

Samarqandda yog‘ayotgan kuchli do‘l va yomg‘ir sabab suv toshqini yuzaga keldi (video)
Ayni paytda Samarqand viloyatida kuchli do‘l va yomg‘ir yog‘moqda. Buning natijasida aholi istiqomat qiladigan ko‘chalar va markaziy ko‘chalarda suv toshqigi yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ayni paytdagi holat aks etgan videolar tarqala boshladi.

Ta’kidlanishicha, bugun, 29 aprel kuni, Samarqand shahri va Bulung‘ur tumanida yog‘gan yomg‘ir sababli suv toshqini yuzaga kelgan va yo‘llarda noqulayliklarni keltirib chiqargan.

Videolarda shaharning Rohat qo‘rg‘onida joylashgan mahallalardagi suv toshqini hamda M-37 Toshkent—Samarqand magistral yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tuvchi qismida yuzaga kelgan katta toshqinni ko‘rish mumkin.



Hozircha, holat bo‘yicha ko‘rilayotgan chora va yetkazilgan zarar yuzasidan rasmiy xabar e’lon qilingani yo‘q. Biroq IIV YHXBB Axborot xizmati ayni daqiqalarda respublikamizning ayrim hududlarida shamol bo‘lib, kuchli yomg‘ir yog‘ish holatlari kuzatilayotganini ma’lum qilib, fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yog‘ayotgan kuchli do‘l va yomg‘ir sabab suv toshqini yuzaga keldi (video)