Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Bunyodkor» mahallasida 7 gektardan ortiqroq maydonda qad rostlagan 47ta xonadon buzilishga tushgani, 28 aprel kuni uylarning bir qismi yaroqsiz holga keltirilganiga o‘z munosabatini bildirdi.
«Bu gal fuqarolarga qonuniy berilgan yerlarni noqonuniyga chiqarib, sud qarorisiz o‘zboshimcha buzib tashlash holati.
Sud ham, jazolovchi ham, ijrochi buzuvchi ham bitta. Qonunlarning ahvolini ko‘r.
Buni ikkiyuzlamachilik deyishadi.
Ammo bir gap: men bilgan davlat lafzini buzmaydi, faqat yaxshi ko‘rinaman, orden olaman deb, odamlar manfaatidan ko‘z yumadiganlar buzadi.
Alamlisi, fuqarolar niqobsiz yurgani yoki bir IIB xodimining hujjatingni ko‘rsat, degan talabini bajarmagani uchun, kerak bo‘lsa qamalayapti, lekin fuqaro peshona teri bilan qurgan bino zo‘rlik bilan, sudsiz buzilsa ham, shunday yondoshuv bo‘lish o‘rniga, yo‘q joydan yana fuqaro aybdor bo‘lib chiqayapti: qonunbuzar, o‘zboshimcha, dangasa... Mana bu haqiqiy adolatsizlik.
Qoyil, biz mana shunday jamiyatda yashayapmiz va unda mas’ullarimiz inson huquqlarini barcha narsadan ustun qo‘yishadi!
Xullas, oddiy fuqarolarga xos mardlik va xolislik yetishmayapti mas’ullarimizda», deb yozadi Rasul Kusherbayev.
Shuningdek, u qo‘shimcha qiladi: «Xalqni chalg‘itayapti, asossiz populistlik qilayapti, bundan uning shaxsiy manfaati bor, degan gaplar chiqib qolsa rozi bo‘linglar! Rostanam shaxsiy manfaatim bor – o‘tkinchi hayotda ozgina bo‘lsa ham odamlar ishonchini oqlash» – deydi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi