15:09 / 30.04.2020
2 103

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
Foto: FVV matbuot xizmati
30 aprel kuni soat 00:50 larda Guliston—Bo‘ka—Angren–Qo‘qon—Andijon orqali—O‘sh avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Volvo rusumli yuk mashinasining kabina qismidagi yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yuzaga kelgan.
Qamchiq Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelib, yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida yuk mashinasi haydovchisiga hech qanday jarohat yetmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi