16:45 / 30.04.2020
3 217

O‘quv markazlari faoliyati tiklanishini maxsus komissiya hal qiladi

O‘quv markazlari faoliyati tiklanishini maxsus komissiya hal qiladi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mamlakatda karantin cheklovlari yumshatilishi o‘quv markazlari faoliyatini davom ettirishiga asos bo‘lmasligi haqida ma’lum qildi.

«Ma’lumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin e’lon qilinib mamlakatimizdagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat to‘xtatilgan.

Shuning uchun Respublika maxsus komissiyasining davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonlarini davom ettirish bo‘yicha tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng o‘quv markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi
», deyiladi Ta’lim inspeksiyasi xabarida.

Ta’lim inspeksiyasi o‘quv markazlariga karantin davrida o‘quv markazlariga o‘z kurs qatnovchilariga masofaviy shaklda ta’lim berib borishni tavsiya qilgan.

Bundan tashqari, inspeksiya uy sharoitida 3-4 nafar bolaga dars o‘tish ham karantin qoidalariga zid ekanligi haqida ogohlantirib, bu kabi usullardan foydalanmaslikka chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘quv markazlari faoliyati tiklanishini maxsus komissiya hal qiladi