10:33 / 01.05.2020
2 993

Koronavirusga qarshi kurashish uchun Turkiyadan O‘zbekistonga yordam keldi

Koronavirusga qarshi kurashish uchun Turkiyadan O‘zbekistonga yordam keldi
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) koronavirusning yangi turi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga tibbiy himoya anjomlarini taqdim etdi.

Turkiya elchisi Mehmet Sureyya Er va TIKA Toshkent Dasturi koordinatori Jamalettin Tuney ishtirok etgan xayriya tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasiga TIKA tomonidan yetkazib berilgan 5 mingta himoya kiyimlari, tibbiy niqoblar, yuz himoya vositalari, qo‘lqoplar va ko‘zoynaklardan iborat tibbiy anjomlar taqdim etildi.

Marosimda so‘zga chiqqan elchi Er, Turkiya dunyoning qariyb 60 davlatiga tibbiy yordam ko‘rsatganini ta’kidlab, Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an o‘tgan hafta O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqotida, O‘zbekistonga tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirganini aytib o‘tdi. Shuningdek, TIKA orqali qardosh o‘zbek millatining pandemiyaga qarshi kurashida o‘z hissalarini qo‘shmoqchi ekanliklarini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Ravshan Izamov O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Turkiyaning bu og‘ir kunlarda ko‘rsatayotgan yordami bu ikki davlat o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari eng yuqori darajada ekanidan dalolatdir», — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusga qarshi kurashish uchun Turkiyadan O‘zbekistonga yordam keldi