17:05 / 01.05.2020
2 474

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1200 nafarga yaqinlashmoqda

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1200 nafarga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro, Samarqand va Toshkentda koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhi sog‘ayib, ularga javob berilgani haqida xabar qildi.

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 25 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarni hududlar kesimida olinsa, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 4 nafar, Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Xorazm, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafar hamda Qirg‘iziston Respublikasining 2 nafar fuqarosi ham bor. Ularning 19 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yosh.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 300 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 325 nafarga yetdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 16 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 364 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 380 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, bu viloyatda tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (6 nafari Toyloq tumani, 1 nafari Samarqand tumani) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ularning yoshi kattasi 70 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshli bola.

Viloyatda shu paytga qadar 14 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 21 nafarga yetdi.
Bugun ayni paytga qadar 49 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1182 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan avvalroq Qashqadaryo viloyatida ham bir bemor sog‘ayib, ushbu viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangani xabar qilingandi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 884 kishi davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1200 nafarga yaqinlashmoqda