20:48 / 01.05.2020
7 065

Sardobada suv toshqini oqibatlari (foto)

Sardobada suv toshqini oqibatlari (foto)
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi suv toshqini oqibatlarining qush parvozi balandligidan olingan suratlari tarqaldi.
Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, suv ombori devorlari o‘pirilib, atrofni suv bosishi oqibatida dala maydonlari, aholi uy-joylari, jumladan namunaviy tipdagi uylar, bog‘-rog‘lari va kommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetkazgan.

1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

Voqea joyiga dastlab bosh vazir Abdulla Aripov, ko‘p o‘tmay prezident Shavkat Mirziyoyev yetib bordi.

Hududdagi minglab kishilar evakuatsiya qilinib, xavfsiz hududlarga joylashtirildi. Suv omboridan chiqqan suv Abay kanali orqali Arnasoy ko‘liga yo‘naltirildi, ayni vaqtda ombordan suv chiqishi to‘xtagan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardobada suv toshqini oqibatlari (foto)