03:00 / 02.05.2020
2 657

Karantinda asosan vasvasa qiynadi...

Karantinda asosan vasvasa qiynadi...
Shu yilning 8 mart kuni Turkiyaga davlatiga ish bilan borib, 16 mart kuni erta tongda vatanga qaytdik. Bilasizki, 16-martdan O‘zbekistonga kirish va chiqish to‘xtatildi. Bizning reysimiz 15 mart soat 22.45 ga edi. Qaytadigan kunimiz juda xavotirga tushib qoldik. O‘sha kuni na yurishimiz, na yeyishimizda xavolat bo‘ldi. Bu yoqda uydagilar xavotirda. Ishqilib koranavirus yuqtirmasdan eson-omon vatanga qaytsak bo‘ldi deb ko‘p duo qildik.

Xayriyat biz qaytadigan havo layneri O‘zbekistondan uchgani xabarini eshitib, ko‘ngil ancha taskin topdi. Bir amallab uchoqqa chiqib oldik, uyga qaytayamizu lekin hammamizga har xil o‘ylar tinchlik bermayapti. Toshkentga yetib olibgandan keyin uyga bormasammi? Qayerga borish mumkin? O‘n to‘rt kun davomida o‘zimni qayerda izolyatsiya qilsam bo‘ladi? Shu kabi savollar bilan Toshkentga yetib keldik. Aeroportda anketa to‘ldirdik. Anketada o‘zingiz haqida ma’lumotlar: qayerda yashaysiz, qayerdan kelyapsiz, bog‘lanish raqamlari va hokazo.

Hullas o‘zimni alohida izolyatsiya qilish uchun manzil topolmadim va Allohga tavakkul qilib uyga keldim. Uyga kelib, garchi sog‘ingan bo‘lsam-da, hech kim ko‘rishmadim, masofani saqladim, farzanlarimni ham yaqinlashtirmadim. Uch-to‘rt kun uydagilar bilan muloqot qilsam, niqob taqib o‘tirdim. Xullas qo‘limdan keladigan hamma sababiyatlarni qilib, natijani Allohga tashlab qo‘ydim. Uy sharoitida karantinda o‘tiribmanu, bir kichkinagina, ko‘zga ko‘rinmas Allohning virusi oldida naqadar ojiz ekanligimizni, Alloh buyuk qudrat sohibiligini tafakkur qilyapman. Biz ojizmiz, seni qulingmiz, hech narsa qo‘limizdan kelmaydi deb Allohga bandaligimni izhor qilaman.

Namozni o‘qib bo‘lishim bilan yana sajdaga yiqilib, o‘sha holatda duo qilaman. Shu holatda duo qilsam Robbim meni yaxshi eshitayotgandek, men qulligimning yaxshiroq izhor qilayotgandek tuyuladi. 14 kun davomida milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari eshigimizning tagidan ketmadi. Uyimizga na birov kirdi va na kimdir chiqdi. Baraka topsin, SES xodimi kun ora qo‘ng‘iroq qilib holatim haqida so‘radi. Karantinning nechinchidir kuni milliy gvardiya xodimi uyda hamma borligiga ishonch hosil qilish uchun hammani ko‘rishim kerak deb turib oldi. Xodimga faqat 3 yoshli o‘g‘limni ko‘rsatishim mumkinligini, qolganlar ayollar ekanligini tushuntirdim.

Xullas u buyruqni bajarishi kerakligini tushuntirdi va har kuni ertalab uydagi hammani ko‘rishi kerakligini aytdi. Unga bu uydan mendan boshqa hech kim chiqmasligini, o‘zi odatiy holatlarda ham ayollar zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmasligini, har kuni unga ayollar ko‘rinolmasligini tushuntirdim. Ammo gaplarim besamar ketdi va boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib vaziyatni anglatdim. Boshliq gaplarimdan keyin "Sizni tushundim, faqat ertalab o‘zingiz ko‘rinsangiz bo‘ldi" dedi. Shu holat meni juda xursand qildim. Bilasizmi nega? E’tiqodimni tushungani, holatimga to‘g‘ri baho bergani, ortiqcha savol berib qiynamagani uchun. Alhamdulillah musulmonlarga nisbatan vaziyat ancha o‘zgargan.

Ro‘zg‘orimizga kerakli bo‘lgan narsalarni 14 kun davomida ichki ishlar xodimlari hech ham og‘rinmasdan olib kelib berishdi. Bir safar o‘g‘lim "dada, politsiyaga ayting menga pechene olib kelib bersin" deydi. Rosa kulibman. Shu 14 kun meni hech qanday bemorlik bezovta qilmadi, faqat vasvasa qiynadi.

Vasvasa kasal qildi. Bunaqa vaqtda o‘zingizdan ko‘ra oilangizni ahvoli ko‘proq tashvishlantiradi. 14 kuni shifokor kelib, uydagi hammani tekshirib ahvolimiz muqobilligi to‘g‘risida ma’lumotnoma yozib berdi. Shundan keyingina Allohga behisob shukrlar bo‘lsin, uy karantini yechildi. Endi tasavvur qiling menga o‘xshagan necha minglab fuqarolar uy karantinida o‘tirdilar.

Davlatimiz shunday og‘ir sharoitda vaziyatni to‘g‘ri baholab, qaror chiqarib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilgani sabab balki bu virus chekinayotgandir. Men bir fuqaro sifatida hukumatimizni bunday hatti harakatlarini to‘liq qo‘llab- quvvatlayman.

"Qashqirlar makoni" serialida bosh qahramon Po‘lat Alemdar, mafiya olamiga kirishi uchun o‘sha olamga tegishli bo‘lgan bir cholga jiyan bo‘lib, mafiya olamiga kirib boradi. O‘sha cholning menga juda ma’qul bo‘lgan gapi bor. "Agar davlatimiz haq bo‘lsa, davlatimiz tomonda, agar nohaq bo‘lsa, xalq tomonda bo‘ldik"

Allohim bu baloni tezroq boshimizdan aritgin.

Yorqin Ernazarov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantinda asosan vasvasa qiynadi...